58 yoshli «o‘rgimchak odam» navbatdagi osmono‘par binoni zabt etdi
Fransiyalik «o‘rgimchak odam» Alen Rober navbatdagi osmono‘par binoni zabt etdi. Sanoqli daqiqalar ichida u Germaniyadagi yirik transport kompaniyasi binosining tepasiga chiqib oldi.
Kumushrang kostyum va kovboylar etigi: boshqa hech qanday xavfsizlik chorasi ko‘rilmagan. 58 yoshli «o‘rgimchak odam» — Ginnesning rekordlar kitobi rekordchisi. U allaqachon Burj-Xalifa, Petronas minoralari, Rossiyadagi Federatsiya minorasi, Moskva Davlat universiteti va 90 dan ortiq binolarni zabt etishga ulgurgan.
Frankfurt-Mayndagi gavjum chorrahani to‘sib qo‘yishdi, o‘t o‘chiruvchilar va tez yordam xodimlari navbatchilik qilishdi. Bu safar huquqni muhofaza qilish organlari ishtirok etishmadi. Odatda «o‘rgimchak odam»ning barcha o‘rmalashlari politsiya idorasida tugardi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter