Xitoylik «o‘rgimchak-odam» beshinchi qavatda osilib qolgan bolani qutqardi (video)
![Xitoylik «o‘rgimchak-odam» beshinchi qavatda osilib qolgan bolani qutqardi (video)](https://static.xabaruz.com/crop/1/5/720_460_95_1562173660.jpg)
«South China Morning Post» gazetasining xabar berishicha, hodisa Xitoyning Xuayxua shahrida sodir bo‘lgan. Ikki yoshli bola ko‘pqavatli uyning derazasidan yiqilib, balkon panjarasida osilib qolgan. Uni ko‘chadan o‘tib ketayotgan kishi ko‘rib qolgan. U balkonlar panjaralari orqali osilib beshinchi qavatgacha ko‘tarilib, bolani kvartira ichiga kirgizib yuborgan va o‘zi ortiga qaytgan.
Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash hodisa yaqinda Fransiyada kuzatilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter