Rossiyada «o‘rgimchak-odam» mahalliy aholini qo‘rqitdi
Chita shahrida yashovchi shaxs qutqaruvchilar tomonidan derazadan olib chiqilayotganida noodatiy nayrang qildi. Erkak sirpanib, yiqila boshladi, lekin u bir epchil harakati bilan pastki qavatning karnisini ushlab oldi.
Guvohlardan biri qutqaruvchilarga qo‘ng‘iroq qilib, Kostyushko-Grigorovich ko‘chasida bir kishi deraza chetida yurganidan shikoyat qildi. U bu harakat fojia bilan yakunlanishi mumkin, deb o‘ylagan. Favqulodda vaziyatlar xodimlari tezda voqea joyiga yetib kelib, xonadonga kirib, erkakni ushlab olishdi. Biroq bu bilan «tomosha» tugamadi, deb xabar beradi «Baza» telegram kanali.
Erkak epchillik bilan pastki qavatning derazasi chetidan ushlab, qo‘shnisining xonadoniga o‘tadi. Guvohlar holatni telefon orqali suratga olishgan.
Qayd etilishicha, «o‘rgimchak-odam» qutqaruvchilarning talabi bilan yerga tushirishga rozi bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter