Hindistonda 50 ming kishi birgalikda yoga mashqlarini bajardi
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi IV xalqaro yoga kuni munosabati bilan Himolay tog‘i etagida 50 ming kishi bilan birgalikda yoga mashqlarini bajardi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
IV xalqaro yoga kunida Dehradun shahriga tashrif buyurgan Modi quyosh chiqqanidan so‘ng tog‘ etagida 50 ming kishi bilan birgalikda o‘tkazilgan yoga mashqlarida ishtirok etdi.
«Men xalqimiz an’analari bilan g‘ururlanaman. Yoga uzoq umr ko‘rish garovidir», – degan Narendra Modi.
Hindiston miqyosida o‘n minglab kishilar yoga mashqlarida qatnashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter