38 kishini olib ketayotgan Chili samolyoti yo‘qolib qoldi
Chili harbiy-havo kuchlarining Antarktikaga uchayotgan samolyoti radarlardan yo‘qolib qoldi. Bu haqda mamlakat HHK «Tvitter»dagi sahifasida xabar qoldirdi.
Comunicado de Prensa #FACh pic.twitter.com/Jfc1Oo9e1w
— Fuerza Aérea de Chile (@FACh_Chile) 10 dekabrya 2019 g.
«Soat 16:55 (mahalliy vaqt)da parvoz qilgan «C130 Hercules» samolyoti bilan soat 18:13 da aloqa uzilib qoldi. U Punto-Arenasdagi Chabunko bazasidan Antarktikadagi havo bazasiga uchgandi. Samolyot bortida 38 kishi bor: 17 nafari ekipaj a’zolari, 21 nafari yo‘lovchilar», — deyiladi xabarda.
Ayni paytda qidiruv-qutqaruv xizmatlari havo kemasini izlashga kirishgan. Aniqlik kiritilishicha, samolyot neft quvurini ta’mirlash uchun ishchilarni olib ketayotgan bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter