Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2050 yilda dunyo nufusi 10 milliardga yetadi

2050 yilda dunyo nufusi 10 milliardga yetadi

Foto: «aa.com.tr»

Har yili, taxminan, 84 million nafarga oshib borayotgan dunyo aholisi soni 2050 yilda 10 milliardga, asrimiz so‘ngida esa 11,2 milliardga yetishi taxmin qilinyapti. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi(UNFPA) ma’lumotlariga ko‘ra, ikki ming yil avval dunyo nufusi 300 million bo‘lgan.1600 yilda 600 millionga, 1804 yili 1 milliardga, 1900 yili 1,5 milliardga va 2011 yili 7 milliardga yetgan.

Dunyo miqyosida aholi sonining keskin o‘sishi 1950 yildan keyin kuzatildi.

Ayni paytda dunyo aholisi soni 7,7 milliard kishini tashkil qilmoqda.

Har yili aholi soni 84 million kishiga ko‘paymoqda. Shu ketishda jahon ahli soni 2050 yilda 10 milliard, asr so‘ngiga borib esa 11,2 milliardga yetadi.

2050 yilda dunyo aholisining yarmi faqat to‘qqizta davlat: Hindiston, Nigeriya, Kongo, Pokiston, Efiopiya, Tanzaniya, AQSh, Uganda va Indoneziyada yashaydi.

UNFPA ma’lumotlariga ko‘ra, 2017–2050 yillar mobaynida dunyo aholisi 2,2 milliard kishiga ko‘payadi. Jahon nufusiga Afrika qit’asidan 1,3 miliard, Osiyodan 750 million kishi qo‘shiladi.

2017–2050 yillarda Yevropa qit’asi aholisi soni kamayadi. Taxminlarga ko‘ra, 2017–2050 yillarda 51 ta davlat aholisi soni kamayar ekan. Bu davlatlarning aksariyati Yevropada joylashgan.

2010 va 2050 yillar mobaynida muhojirlar hisobiga AQSh nufusi 1,1 million, Kanadaniki 214 ming, Angliyaniki 174 ming, Ispaniyaniki 170 ming, Germaniyaniki 110 ming, Fransiyaniki 100 ming kishiga ko‘payadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring