2024-yilda BRIKSga bir vaqtning o‘zida oltita davlat qo‘shildi
Rossiya, Braziliya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika prezidentlari Yoxannesburgda bo‘lib o‘tgan sammitda BRIKS davlatlararo assotsiatsiyasini 5 a’zodan 11 tagacha kengaytirishga kelishib oldi.
BRIKS sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham videoaloqa orqali ishtirok etgan.
«Biz Argentina, Misr, Efiopiya, Eron, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarini BRIKSga to‘laqonli a’zo bo‘lishga taklif qilishga qaror qildik», – dedi JAR prezidenti Siril Ramafos sammit yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.
Uning qayd etishicha, ushbu mamlakatlarning BRIKSga a’zoligi 2024-yil 1-yanvardan boshlanadi.
JAR prezidenti BRIKSning kengayishi bir bosqich bilan cheklanib qolmasligini va «boshqalar ham ergashishini» aytdi. Uning qayd etishicha, besh davlat rahbarlari BRIKSni kengaytirish jarayonining yo‘riqnomalari, standartlari, mezonlari va tartiblari bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Ma’lumot uchun, BRIKSga a’zo bo‘lish uchun 23 davlat, jumladan, Turkiya, Venesuela, Bangladesh va Belarus rasman ariza topshirgan.
Rossiya, Braziliya, Hindiston va Xitoy o‘rtasida BRIKC doirasidagi siyosiy munosabatlar o‘rnatilishi 2006-yilda boshlangan. Assotsiatsiyaning birinchi sammiti 2009-yilda bo‘lib o‘tgan. 2010-yilda assotsiatsiyaning birinchi kengayishi sodir bo‘ldi – JAR unga qo‘shildi va alyans BRIKS nomini oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter