Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2023-yilda Ukrainadagi urush tugaydimi?

2023-yilda Ukrainadagi urush tugaydimi?

Foto: 360TV

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning fikricha, yaqin istiqbolda Ukrainada tinchlik muzokaralarini o‘tkazish ehtimoli juda kam.

«Yaqin-o‘rtada samarali tinchlik muzokaralari o‘tkazilishiga ko‘zim yetmaydi. Nazarimda, harbiy qarama-qarshilik davom etadi va tinchlik bo‘yicha jiddiy muzokaralar o‘tkazish uchun fursat yetishini kutishimizga to‘g‘ri keladi», — dedi Guterrish matbuot anjumanida.

Bosh kotib BMT hozir asosiy e’tiborni g‘alla bitimining samaradorligini oshirish hamda asirlarni ayirboshni tezlatishga qaratayotganini ta’kidladi.

Biroq u 2023-yilda Ukrainadagi urush tugashidan umidini uzgani yo‘q.

«Yaqin istiqbolda tinchlik muzokaralarini o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rmayapman deganimda, men butun 2023-yilni nazarda tutmadim. 2023-yilda tinchlikka erishishimizga juda umid qilaman», — ta’kidladi Guterrish.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring