Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018-yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin

2018-yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin

Foto: L.Heimrath / Imago / TASS

Germaniyalik milliarder Karl-Erivan Xaub ma’shuqasi bilan Moskvada yashirincha yashayotgan bo‘lishi mumkin. RTL kanali o‘z surishtiruvlari asosida shu xabarni tarqatdi.

Milliarder 2018-yilda bedarak yo‘qolgan va o‘shandan buyon halok bo‘lgani taxmin qilinayotgandi.

Germaniyaning eng boy kishilaridan sanalgan Karl-Erivan Xaub OBI do‘konlar tarmog‘ini o‘z ichiga olgan Tengelmann Group xoldingini boshqargan. 2018-yil bahorida Alp tog‘-chang‘i kurortida u yo‘qolib qoladi, na tirigini, na jasadini topishadi. 2021-yilda sud Xaubni rasman tiriklar safidan chiqaradi.

Natijada oilaviy biznes boshqaruvini uning ukasi Kristian Xaub qo‘lga oladi. RTL surishtiruvlarida u tadbirkorning halokati sahnalashtirilganidan xabardorligi, biroq noto‘g‘ri guvohlik bergani aytiladi. Taxminlarga ko‘ra, u xavfsizlik xizmatiga akasi bilan sodir bo‘lgan voqeaning muqobil talqinlari haqidagi mish-mishlarni bostirishni buyurgan.

RTL aniqlashicha, Karl-Erivan Xaub yo‘qolishidan uch kun avval rossiyalik 44 yoshli Veronika Yermolovaning raqamiga 13 marta qo‘ng‘iroq qilgan. Nashrda mavjud ma’lumotlarga qaraganda, ular ikkalasi turli yillarda bir paytning o‘zida Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi va Rossiyaning boshqa shaharlariga sayohat qilishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring