20 soat muzlatish kamerasida yotgan «mayit» jonlandi +18 (video)
Hindistonning Tamilnad shtati Kandempatti qishlog‘ida 20 soat muzlatish xonasida yotgan «murda» jonlandi. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.
74 yoshli Balasubramanian Kumar og‘ir xastalik tufayli to‘shakka mixlanib qolgandi. 12-oktyabr kuni u hayot nishonalarini bermay qo‘ydi. Shu bois qarindoshlari uni o‘ldi deb o‘ylashdi. Mahalliy urf-odatlarga rioya qilgan holda yaqinlari diniy rasm-rusumlardan oldin mayitni shishadan yasalgan muzlatkich-tobutga joylashdi. Keyingi kuni mutaxassis muzlatish kamerasini olib ketgani kelganda, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, murda qimirlayotganini payqab qoldi.
Ishchi Kumarning akasidan nima uchun murda qo‘llarini silkitayotganini so‘radi. U bu tabiiy tomir tortishishi yoki marhumning ruhi hali tanasini tark etmagan bo‘lishi mumkin deb javob qaytardi. Mutaxassis shu zahoti politsiyani chaqirdi.
Tegishli idora xodimlari allaqachon tekshiruv ishlarini boshlab yuborishgan. Ular nima uchun Kumarning oilasi tibbiyot xodimlarini chaqirmasdan, o‘z bilganlaricha uning o‘limini qayd etishganini aniqlashga urinishmoqda. Endi «tirik murda»ning qarindoshlari inson hayotini xavf ostiga qo‘yib ehtiyotsizlik qilganlari uchun sud oldida javob berishlariga to‘g‘ri keladi.
Diqqat! Ushbu videodagi tasvirlar inson ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter