Ramzan Qodirovning o‘g‘li yana bir yuqori lavozimni egalladi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning vorisi, 16 yoshli Adam chechen batalonining «kuratori» bo‘ldi. Bu haqda Checheniston parlamenti spikeri Magomed Daudov xabar berdi.
«Adam Qodirovga muhim yo‘nalish ishonib topshirilgan: bundan buyon u Rossiya Mudofaa vazirligi tarkibidagi eng jangovar bo‘linmalardan biri – Shayx Mansur batalonini boshqaradi. Ishonchim komilki, Birinchi Prezidentimiz, Rossiya Qahramoni Ahmat Qodirovning nabirasi bildirilgan ishonchni yuqori saviyada oqlaydi va batalon shaxsiy tarkibi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishi uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladi», deb yozadi Daudov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Adam «kerakli qobiliyat va ko‘nikmalarga ega, ularning asosiysi mehnatsevarlik, fidoyilik va topshirilgan ishga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishdir».
Shuningdek, Qodirovning vorisi Shayx Mansur batalonining yulduzi sohibiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Adam Qodirov Checheniston rahbarining xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi, shuningdek, unga Checheniston Qahramoni unvoni berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter