«1:0 Putin foydasiga» – Klinton buning sababini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning siyosati dunyoda Rossiyaning ta’siri kuchayishiga olib keldi, dedi AQSh sobiq davlat kotibi Xillari Klinton.
Uning fikricha, bu natija Putinning demokratik asoslarga putur yetkazishga qaratilgan turli ta’sirchan operatsiyalari natijasidir. Klinton ta’kidlaganidek, davlat rahbari siyosiy yetakchilarni o‘z tomoniga og‘dirishga harakat qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar rus manbalaridan iqtibos keltira boshladilarmi, demak, «1:0 Putin foydasiga».
Sobiq davlat kotibining aytishicha, amerikalik kongressmenlarning ko‘pchiligi Ukrainaga yordam ko‘rsatish tarafdori, mafkuraviy va partiyaviy-siyosiy bo‘linishni esa shunchaki bartaraf etish kerak.
Klintonning aytishicha, AQShda Rossiya yetakchisi siyosatining mashhurligi oshib bormoqda. Biroq, amerikaliklar Putinni qo‘llab-quvvatlamasligi kerak. Sobiq davlat kotibi, shuningdek, Rossiya rahbariyati Kongressni larzaga keltirayotgan notinchlikdan «xursand» degan fikrni ham bildirdi. Uning tushuntirishicha, bunday kelishmovchilik Ukrainaga ko‘rsatiladigan yordamga ta’sir qilishi va qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatishga olib kelishi mumkin.
Bu taxminni AQSh dengiz kuchlari razvedkasining sobiq zobiti Skott Ritter rad etgan. U shtatlardagi siyosiy bo‘linishda Putin aybdor degan fikrga qo‘shilmaydi va ichki kelishmovchilikda bo‘lganlar «Rossiya haqida umuman hech narsa bilishmaydi» deb ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter