Yaponiyada uchar soyabon ixtiro qilindi (video)
Zamonaviy texnologiyalar kundalik hayotimizdagi barcha narsalarni yaxshilashga qodir. Hatto o‘nlab yillardan beri dastlabki holatini o‘zgartirmasdan kelayotgan soyabonlarni ham. Masalan, Yaponiyaning «Asahi Power Services» kompaniyasi kuni kecha o‘z egasini yomg‘irdan himoya qilishga qodir uchar soyabonni yaratdi, deb xabar beradi «Hi-News».
Mazkur konstruksiyaning asosini dron tashkil etadi. Dron mobil telefon bilan aloqa o‘rnatadi va muntazam ravishda smartfon soyabon ostida bo‘lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari dron o‘z xo‘jayinini tanish qobiliyatiga ega kameralar bilan jihozlangan.
«Uchar soyabon g‘oyasi ikkala qo‘lim ham band bo‘lganida yog‘ib yuborgan jala vaqtida kelgandi. Hozir asosiy masalamiz — soyabonning tannarxini arzonlashtirish, shuningdek, dronni havoda boshqa dronlar bilan to‘qnashib ketmaslikka o‘rgatishimizdir», — deydi «Asahi Power Services» asoschisi va prezidenti Kenzi Suzuki.
Uchar soyabonning og‘irligi 5 kilogrammni tashkil etadi, batareyasi esa 20 daqiqa davomida quvvatlanishsiz ishlay oladi. Ayni vaqtda kompaniya mutaxassislari qurilmaning og‘irligini1 kilogrammga tushirish va ishlash samaradorligini 1 soatga yetkazish ustida mehnat qilmoqda. Qurilma 2019–2020-yillarda 275 dollar atrofida sotuvga chiqadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter