Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga yangi flagman taqdim etiladi — Honor 60 SE

Ertaga yangi flagman taqdim etiladi — Honor 60 SE

Illyustrativ foto

2021-yil oxirida «Honor» eng yangi flagmanlari — Honor 60 va Honor 60 Proni taqdim etgandi. O‘shandayoq bu smartfonlarning arzonroq talqini — Honor 60 SE ham tez orada chiqarilishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Nihoyat, ushbu smartfonga yetolmay yurganlarning orzusi ushalishga yaqin — «Gizmochina» yozishicha, Honor 60 SE taqdimoti ertaga belgilangan. Bu haqda eng ishonchli manba — «Honor China» ijrochi direktori Szyan Xayrong Xarrison o‘zining Weibo-akkauntida ma’lum qildi.

Insayderlarga ko‘ra, direktor Szyan aytgan smartfon — o‘sha uzoq kutilgan Honor 60 SE. Biroq smartfonning nomi aynan qanaqa ekani hozircha noma’lum.

Yangi smartfon «MediaTek» kompaniyasining Dimensity 900 protsessorida ishlashi, 66 Vt tezkor quvvatlash texnologiyasi qo‘llanilishi, xotirasi kamida 8 GB bo‘lishi kutilyapti.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring