Yangi chiqayotgan Redmi Note 11 smartfonining ayrim tafsilotlari ma’lum bo‘ldi
Insayderlar «Xiaomi» kompaniyasi chiqaradigan yangi Redmi Note 11 smartfoni tafsilotlarini tarqatishdi.
Insayder — Digital Chat Station ma’lum qilishicha, yangi qurilma AMOLED-displeyli bo‘ladi, tasvirlar chastotasi yangilanishi 144 gersgacha yetkaziladi. Yangi smartfon o‘rta toifaga mansub Qualcomm Snapdragon 778G protsessorida ishlaydi.
Ushbu model o‘rta budjet smartfonlari segmentiga tezkor quvvatlash texnologiyasini olib kiradi, deyiladi xabarda. Qurilma 120 vattli simli quvvatlagich bilan chiqariladi, deb yozmoqda «RIA Novosti» xitoylik insayderga asoslanib. Ammo smartfonning qachon taqdim etilishi hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytdagi Redmi Note 10 turkumi 2021-yilning mart oyida taqdim etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter