Yagona portalda siz kutgan xizmat yana qaytdi
YIDXP (my.gov.uz) orqali «Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish» xizmati yana yoqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi «Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-6186-son Farmoni bilan davlat budjetidan shahar va qishloq joylarida qurilgan ko‘p qavatli uylardan birlamchi bozorda kvartiralar sotib olishda ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foiz xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida 2021-yilda yangi tartibda ipoteka kreditlarini ajratishning maqsadli parametrlari tasdiqlandi.
Shu munosabat bilan YIDXPda «Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish» davlat xizmati qayta yoqilganligi ma’lum qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter