Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xiaomi»ning yangi flagmani tafsilotlari paydo bo‘ldi

«Xiaomi»ning yangi flagmani tafsilotlari paydo bo‘ldi

Foto: «Ferra.ru»

«Ferra.ru» yozishicha, «Xiaomi» kompaniyasi navbatdagi flagmaniga eng yangi Snapdragon 865+ protsessori va 120 AMOLED-displey o‘rnatadi.

Kompaniya AMOLED-displeyli, qolaversa, ekran chastotasi 120 Gs.dan yuqori  smartfon chiqarishi oldindan kutilayotgandi va ko‘pchilik bu hamyonbop turkum — «Redmi»lardan biri bo‘ladi deb o‘ylayotgandi. Ammo mavjud ma’lumotlar katta ehtimol bilan qurilma bosh kompaniyaning o‘zida ishlab chiqarilishini ko‘rsatmoqda, aftidan oxirgi paytlarda brend muxlislarining tilidan tushmayotgan «Xiaomi Mi 10 Venti» ana shunday flagmanga aylanadi.

Shuniyam ta’kidlash kerakki, yangi texnologiya, yangicha ekran — qo‘shimcha xarajat degani, «Venti» yil boshida taqdim etilgan «Xiaomi Mi 10 Pro»dan ham qimmatroq bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring