«Xiaomi» yangi smartfonlarni taqdim etyapti. Ularning biriga «flagmanlar qotili» deb nom berildi
«Xitoycha Apple» kecha, 28-may kuni «Redmi K20» hamda «Redmi K20 Pro» smartfonlarini namoyish qilgandi. Bulardan ikkinchisi «AnTuTu» benchmarkida «Xiaomi Mi 9» flagmanidan ham yuqori – salkam 390 000 ball olgan. Bu haqda «Terabayt» xabar berdi.
Bugun, 29-may kuni «Xiaomi» e’lon qilgan tizerga ko‘ra, endi tez kunlarda Mi turkumida ham yangi modellar paydo bo‘ladi. Qizig‘i – unda tasvirlangan smartfonning orqa paneli «Xiaomi Mi 9» modeliga, old tomoni esa «Redmi K20»larga o‘xshab tirqishsiz va kemtiksiz to‘liq ekrandan iborat.
Hindistonlik insayder Mukul Sharma (Mukul Sharma) o‘zining «Twitter» sahifasida e’lon qilishicha, uning manbalari ham avval aniqlangan bir ma’lumotni tasdiqlashgan. Ya’ni, «Xiaomi» albatta «Mi 9T» hamda «Mi 9T Pro» smartfonlarini chiqaradi va ular tegishlicha «Redmi K20» hamda «K20 Pro» modellarining jahon bozoriga mo‘ljallangan versiyalari bo‘ladi.
Ayni damda yangi smartfonning bozorga qanday nom ostida taqdim etilishi aniq emas, zero, bugunning o‘zida «Redmi K20» modellarining global versiyalari borasida yana ikkita nom variantlari haqida ma’lumot tarqalgan. Ya’ni, ularning standart va ilg‘or versiyalari tegishlicha «Mi 9K» hamda «Mi 9K Pro» tarzida, yoki bo‘lmasa «Mi 9I» va «Mi 9I Pro» shaklida nomlanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter