Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xiaomi» va «Huawei» smartfonlari xaridorlarining yosh toifasi ko‘pchilikni hayron qoldirdi

«Xiaomi» va «Huawei» smartfonlari xaridorlarining yosh toifasi ko‘pchilikni  hayron qoldirdi

Foto: «Akket.com»

Bugun, 28-yanvar kuni «Jiguang» tadqiqot kompaniyasi Xitoyning ikki yosh, ammo istiqbolli kompaniyalari – «Xiaomi» va «Huawei» smartfonlari foydalanuvchilarining real yoshini ma’lum qildi.

Natijalar ko‘pchilikni hayron qoldirdi, deb xabar qildi «Akket.com». Chunki bunga qadar nisbatan arzon bo‘lgan bu smartfonlardan asosan maktab o‘quvchilari va talabalar, ijtimoiy  kam ta’minlangan tabaqalar foydalanishadi, degan qarash mavjud edi.

Tahlilchilar ma’lumotiga ko‘ra, «Xiaomi» smartfonlarining 69,1 foizini erkak kishilar tashqil qiladi, «Huawei»da bu – 66 foiz. Qizig‘i, ushbu ishlab chiqaruvchilar mahsulotlaridan eng ko‘p foydalanadigan qatlamni 30dan 34 yoshgacha bo‘lganlar tashkil qilar ekan. Ularning ulushi 31,7 foiz. Keyingi o‘rinda 25,4 foizlik ulush bilan 25 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lganlar toifasi qayd etilgan.

Demak, «Xiaomi» va «Huawei» smartfonlari xaridorlarining asosiy qismi 30 yosh atrofidagilar – hayotiy tajribasi shakllangan va iqtisodiy jihatdan o‘z yo‘lini topib ulgurgan qatlam tashkil etadi. Tabiiyki, ular bu qurilmalarni qimmat brendlarga puli yetmaganidan emas, ongli ravishda o‘z istaklariga ko‘ra xarid qiladilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring