«Xiaomi Mi 11» flagmani taqdimotiga bir hafta qoldi — Snapdragon 888 o‘rnatilgan ilk smartfon
Shu yil dekabri boshlarida «Qualcomm» kompaniyasi Snapdragon 888 protsessorini taqdim etgandi. Oradan hech qancha o‘tmay «Xiaomi» rahbari kompaniyaning navbatdagi flagmani «Mi 11» mana shu chip o‘rnatilgan ilk qurilma bo‘lishiga va’da bergandi. Ulgurishibdi — smartfon tayyor, taqdimot 2020-yilning 28-dekabriga belgilangan.
«Mi 11» va yangi chip — tandemning afzalligi nimada?
Yangi flagman sanoqsiz funksiyalar va imkoniyatlar bilan shunchalik boyitilganki, hatto ishonish ham qiyin. Birinchi navbatda, ekran ostida joylashtirilgan frontal kamerani olaylik.
«O‘n birinchi» bu — 12 gigabaytgacha operativ xotira, 55 Vt tezkor zaryadlash, 120-Gs AMOLED-displey. Smartfon ikki talqinda havola etilarkan: «Mi 11» va «Mi 11 Pro». Akkumulyatorlari ham shunga qarab: 4 780 va 4 970 mAs.
Hozircha mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, yangi flagman qutisining o‘zidayoq MIUI 12,5 qoplami bilan taqdim etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter