Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xiaomi eng kuchli smartfonlarini taqdim etdi

Xiaomi eng kuchli smartfonlarini taqdim etdi

Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi yangi flagmanlari — Xiaomi 13 va Xiaomi 13 Pro smartfonlarini rasman taqdim etdi.

Qurilmalarga bugungi kunda eng kuchli hisoblangan Qualcomm protsessorlari o‘rnatilgan, kameralari sifatini esa taniqli Leica logotipi o‘rnatilganidan ham bilish qiyin emas.

Xiaomi 13 xuddi ayfonning so‘nggi talqinlari kabi yassi burchakli, ixcham —120 gersli AMOLED-ekrani (FullHD+) 6,36 dyuymli.


Xiaomi 13 Pro smartfonida ekran kattaroq — 6,73 dyuym (QuadHD+). Displey chetlari gardishsimonligi bois dizayni o‘tkir burchaklardan xoli.

Smartfonlar Qualcomm Snapdragon 8 Gen2 platformasida ishlaydi, talqiniga ko‘ra, 8 yoki 12 GB operativ hamda 128, 256 yoki 512 GB ichki xotira bilan ta’minlangan.

Akkumulyatorlar: 4 500 (Xiaomi 13) va 4 820 (Xiaomi 13 Pro) mAs. Tezkor simli (67 Vt va 120 Vt) hamda simsiz (50 Vt) quvvatlaydi.

Kamera: Xiaomi 13 — 50 MP sensor, keng burchakli 12 MP, 10 MP teleobyektivdan iborat uchlik.

Xiaomi 13 Pro da ham uchtali kamera: asosiysi — 50 MP Sony IMX989, qolgan kameralari ham 50 megapikselli. Har ikki smartfonning selfi kameralari 16 megapikselli.

Xitoyda smartfonlar 14-dekabrdan sotuvga chiqariladi.

Narxlar:

Xiaomi 13

  • 8 GB + 128 GB: 3 999 yuan ($574)
  • 8 GB + 256 GB: 4 299 yuan ($617)
  • 12 GB + 256 GB: 4 599 yuan ($660)
  • 12 GB + 512 GB: 4 999 yuan ($718)

Xiaomi 13 Pro

  • 8 GB + 128 GB: 4 999 yuan ($718)
  • 8 GB + 256 GB: 5 399 yuan ($775)
  • 12 GB + 256 GB: 5 799 yuan ($833)
  • 12 GB + 512 GB: 6 299 yuan ($905)
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring