Xiaomi 11i Hypercharge taqdim etildi: 360 dollarga 15 daqiqada quvvat oluvchi 108 Mp kamerali smartfon
Xiaomi 12 va Xiaomi 12 Pro flagmanlarini taqdim etganidan hafta oshib, kompaniya Hindistonga ham yangi qurilmalarini olib kirdi, yozmoqda «GSM Arena». Bular orasida eng diqqatga sazovori — Xiaomi 11i Hypercharge — bu mahalliy bozordagi 120 Vt quvvatlashga ega ilk smartfon.
Xiaomi 11i Hypercharge smartfoni ekrani — AMOLED, 6,67 dyuym, Full HD, kadrlar chastotasi 120 Gs. Platforma — MediaTek Dimensity 920 5G, amaliy tizim — Android 11 (MIUI 12.5. interfeysi).
Barmoqlarni skanerlash smartfon korpusining yon qismida joylashgan. Frontal kamerasi — 16 Mp. Displeyi toblangan Gorilla Glass 5 oynasi bilan himoyalangan.
Asosiy kamerasi: bosh kamera — 108 Mp (Samsung HM2, keng burchakli ob’yektiv) hamda 8 Mp (Samsung S5K4H7, keng burchakli ob’yektiv) va 2 Mp (makrosuratlar uchun) kameralar.
Smartfonning asosiy xususiyati yuqorida tilga olingan 120 Vt quvvatlagichi, quvvatlash bloki komplekt ichida. Uning yordamida 4500 mAs sig‘imli akkumulyator atigi 15 daqiqa ichida to‘liq quvvat oladi.
Qo‘shimcha xususiyatlari: NFC, naushniklar uchun standart ulangich, infraqizil datchik, stereodinamika (Dolby Atmos).
Smartfonning o‘lchamlari — 163,7x76,2x8,3 mm, og‘irligi — 204 gramm. Agarda Xiaomi 11i Hyperchargening xususiyatlari sizga juda tanish tuyulayotgan bo‘lsa, hayron qolarli joyi yo‘q, chunki bu — 2021-yilning oktyabrida Xitoyda taqdim etilgan Redmi Note 11 Pro+, nomi o‘zgartirilgan, xolos.
Hindistonda Xiaomi 11i Hypercharge uchun quyidagi narxlar belgilangan: 6/128 GB — 360 dollar, 8/128 GB — 390 dollar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter