«Xavfli sozlama!»: smartfondagi bu funksiyani darhol o‘chirish tavsiya qilindi
Kiberxavfsizlik bo‘yicha taniqli ekspert Zak Doffman «Forbes»da berilgan maqolasida «iPhone» foydalanuvchilari e’tiborini ularning smartfoniga xavf tug‘diruvchi funksiyaga qaratdi.
Bu — Wi-Fi tarmoqlariga avtomatik ulanish funksiyasi, uni zudlik bilan o‘chirish lozim.
Buning uchun sozlamalardagi «Ulanishga so‘rov» va «Nuqtaga avtoulanish» bo‘limlariga kirib, «Ulanishdan oldin so‘rash» belgisini tanlash kerak.
Sozamalarida avtomatik ulanish yoqilgan smartfonlar xakerlarga ommaviy umumfoydalanuvdagi tarmoqlar bilan bir xil nomdagi soxta ulanish nuqtalari yaratish imkonini beradi. Oqibatda ular siz foydalanayotgan trafikni tutib olishlari yoki internetga ulanishingiz uzib, o‘zlarining soxta ulanish nuqtalariga yo‘naltirishlari mumkin.
Ekspert ta’kidlashicha, soxta ulanish nuqtalariga login va parol orqali kirishda foydalanuvchilar o‘z qurilmalariga zararli dasturlarni yuqtirib olishlari hech gap emas.
Umuman olganda, ko‘cha-ko‘yda ko‘pchilik foydalanadigan tekin Wi-Fi larga ulanishdan tiyilgan ma’qul, o‘rniga o‘zingizning mobil internetingizni ishlating — shunisi bexavotir, deya tavsiya bermoqda Zak Doffman.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter