Vazir yangi texnikumni shaxsan borib ko‘rdi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Andijon viloyatidagi xizmat safari doirasida, Andijon axborot texnologiyalari texnikumi bilan tanishdi.
Avval xabar berganimizdek, Andijon tumanidagi Mashinasozlik texnikumi negizida “Andijon axborot texnologiyalari texnikumi” tashkil etilgan edi.
Viloyatdagi IT-texnikumning bino va inshootlari rekonstruksiya qilindi, hududlarini obodonlashtirish ishlari yakuniga yetkazildi, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha amaliy ishlar natijasida 150 o‘rinli yotoqxona tashkil etilib qayta jihozlandi va foydalanishga topshirilishga tayyor holatga keltirildi. Shuningdek, 2 ta kompyuter sinf xonalari zamonaviy ko‘rinishga keltirilib, 40 ta monoblok jamlanmasi va mebellar bilan ta’minlandi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarni tayyorlash uchun tashkil etilgan texnikumga 2021/2022 o‘quv yilida talabalarni qabul qilish bo‘yicha 540 ta kvota ajratilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter