Vashington amaliy harakatga o‘tdi: Maskning tezkor poyezdi stansiyasi aynan ushbu shtatda paydo bo‘ladi
Bir qator Amerika shtatlari hukumati Elon Maskka tunnel qazishga ruxsat berish yoki bermaslik borasida o‘ylanib o‘tirgan bir vaqtda, Vashington amaliy harakatga o‘tishni ma’qul ko‘rdi. «The Boring Company» kompaniyasi mazkur shtatda joylashgan «National Mall» savdo markazi yonidagi avtoturargohda tayyorgarlik ishlarini boshlashga ruxsat oldi — aynan shu yerda yaqin orada «Hyperloop» tezkor poyezdlarining birinchi stansiyasi paydo bo‘ladi, deb xabar berdi «Hi-News».
Stansiyani qurish uchun berilgan ruxsat — Mask tomonidan shahar transport departamentiga taklif etilgan rejaning bir qismigina. Ayni vaqtda amaldorlar «Hyperloop» tunnellar tarmog‘ini yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, biroq hozircha yo‘lovchilarni tezligi ming kilometrni tashkil etadigan poyezd orqali xavfsiz yetkazib borish masalasi muhokama qilinmoqda.
O‘qing: Elon Maskning «uchar» poyezdi loyihasi qanchalik haqiqatga yaqin?
Kompaniya vakillarining tasdiqlashicha, Nyu-York avenyudagi hudud rostdan ham kelajak transporti tizimining dastlabki tuguniga aylanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning oxirida «The Boring Company» bilan hamkorlik qilishga Merilend shtati gubernatori ham tayyor ekanligini bildirgandi. U kompaniya davlat organlari bilan birgalikda Baltimor va Vashingtonni bog‘laydigan yuqori tezlikda elektr uzatish liniyasi konsepsiyasi ustida ish olib borayotganini tasdiqlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter