«Uzcard»: internet orqali «SMS-xabarnoma» xizmatini ulash xavfli
Internet orqali «SMS-xabarnoma» xizmatini ulash mumkin emas, chunki xavflidir. Faqatgina infokiosk yoki bankomatlar orqali ulanish har tomonlama xavfsiz, deb xabar berdi «Uzcard».
Sababi, infokiosk orqali ushbu xizmatni ulash vaqtida plastik kartangiz «qo‘lingizda ekanligi» tasdiqlanadi. Bankda ham ushbu xavsizlik tizimi joriy qilingan bo‘lib, bank xodimi karta egasi ishtirokida kartani xavfsiz ravishda ushbu xizmatga ulab qo‘yadi.
Eslatib o‘tamiz, «SMS-xabarnoma» xizmati karta egasiga barcha kirimlar, joriy balans va to‘lov operatsiyalari, jumladan, amalga oshirilgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlarga tezkorlikda ega bo‘lish imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter