Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UMS» abonent to‘lovi 1 050 000 so‘mlik yangi tarif taqdim etdi

«UMS» abonent to‘lovi 1 050 000 so‘mlik yangi tarif taqdim etdi

Foto: «UMS»

«UMS» kompaniyasi o‘z mijozlari uchun «Premial yillik» va «Ideal yillik» deb nomlangan ikkita yangi tarif rejasini taqdim qildi.

E’tiborlisi, bu tariflarda abonentlar bir yillik muddatga to‘lov qilishadi va har oy tegishli hajmda daqiqalar, SMS-xabarlar va megabaytlar limitini olib turishadi.

«Premial yillik» tarifida yillik abonent to‘lovi 630 000 so‘mga teng bo‘lib, unda abonentga har oyda O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun 1000 daqiqa, 1000 SMS-xabar hamda 3000 megabayt hajmida limit taqdim etiladi.

«Ideal yillik» tarif rejasining yillik abonent to‘lovi esa 1 050 000 so‘mni tashkil etadi. Unda har oyda O‘zbekiston bo‘yicha muloqotlar uchun  chiquvchi 2000 daqiqa va 2000 SMS-xabar, 4000 megabayt hajmida internet-trafik beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring