«UMS» abonent to‘lovi 1 050 000 so‘mlik yangi tarif taqdim etdi
«UMS» kompaniyasi o‘z mijozlari uchun «Premial yillik» va «Ideal yillik» deb nomlangan ikkita yangi tarif rejasini taqdim qildi.
E’tiborlisi, bu tariflarda abonentlar bir yillik muddatga to‘lov qilishadi va har oy tegishli hajmda daqiqalar, SMS-xabarlar va megabaytlar limitini olib turishadi.
«Premial yillik» tarifida yillik abonent to‘lovi 630 000 so‘mga teng bo‘lib, unda abonentga har oyda O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun 1000 daqiqa, 1000 SMS-xabar hamda 3000 megabayt hajmida limit taqdim etiladi.
«Ideal yillik» tarif rejasining yillik abonent to‘lovi esa 1 050 000 so‘mni tashkil etadi. Unda har oyda O‘zbekiston bo‘yicha muloqotlar uchun chiquvchi 2000 daqiqa va 2000 SMS-xabar, 4000 megabayt hajmida internet-trafik beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter