«Ucell-Urganch» eng yaxshi natijani ko‘rsatdi (video)
Biznes ko‘rsatkichlari yakunlariga ko‘ra, 2021 yilning iyulida eng yaxshi natijani «Ucell-Urganch» hududiy bo‘linmasi ofisi ko‘rsatdi.
«COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) 2021 yilning mayida hududiy bo‘linmalar «Flagman» motivatsion dasturini joriy etgandi.
May boshida Ucell har bir viloyat bo‘linmalari o‘zaro biznes musobaqaga kirishdi.
Birinchi g‘olib Andijondagi hududiy ofis bo‘ldi.
Iyunda kubok «Ucell-Navoi» tasarrufiga o‘tdi.
Iyul yakunlariga ko‘ra, butkul g‘oliblikni «Ucell-Urganch» qo‘lga kiritdi.
Yetakchi hudud jamoasiga g‘olibning nomi yozilgan Kubok va faxriy esdalik diplomi topshirildi. Bo‘linmaning dasturda ishtirok etgan har bir xodimi pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Dasturning asosiy maqsadi — yuksak natijalarni qo‘lga kiritish uchun motivatsiya uyg‘otish. Bugun Ucell oldida telekommunikatsion infrastrukturani eng yuqori xalqaro standartlarga mos ravishda modernizatsiyalashtirish vazifasi turibdi.
Xususan, 2021 yil boshidan Xorazm viloyatida 114 sayt yangilandi bu songa 65 4G yangi tayanch ishga tushirilgan stansiya kiradi.
Bugungi kunda 4G hududning 80% hududini qoplagan. Har kuni tayanch stansiyalarga xizmat ko‘rsatish, nosozliklarni monitoring qilish va bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
2021 yil boshidan Xorazm viloyatida 248 ta akkumulyator batareya o‘rnatilgan va modernizatsiya qilingan hamda ob’yektlarda 5 ta yangi quyosh stansiyasi o‘rnatilgan.
Hududda bugungi kunda iks dilerlik nuqtalari faoliyat olib bormoqda.
Ibrat Shixov, «Ucell-Urganch» hududiy direktori v.b.:
— May oyida biz Respublika bo‘ylab faqat Ucell hududiy ishchilari qatnashadigan «Flagman» yangi motivatsion dasturiga qo‘shildik. Odatda barcha innovatsiyalarda bo‘lgani kabi, boshida motivatsion dastur ularga ortiqcha «boshog‘riq» bo‘lishidan norozilar ham topildi. Lekin shu bilan birga ushbu motivatsion dasturda nafaqat tijoriy yo‘nalish, balki hamma ishtirok etishi ko‘pchilikka yoqdi.
Boshidan aytaman: dasturning birinchi oyi yakunlariga ko‘ra, biz hududlar orasida oxirgi o‘rinni oldik. Ammo bir oy ichida biz o‘zimiz uchun boshlang‘ich nuqtani aniqlab oldik. Va meni xursand qilgani, biz «pastga tushish» trendini to‘xtata oldik. Va keyingi oydan trendni yuksalish foydasiga buza boshladik.
Har bir xodim muayyan dilerlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi va oy oxirida har kim ulanish bo‘yicha ham, dilerlar bo‘yicha ham javob berishi belgilandi. Bu dilerni nazorat qilishda yordam beradi.
Har bir xodim eng kamida yarim soat-bir soat vaqtini qo‘ng‘iroq qilishga ajratadi. Butun hudud muammolari mazmuni bilan tanishish va bizga yetkazish zarurati belgilandi. Barcha xodimlar maqsadga erishishdan manfaatdor va shunga intilishadi.
Iyun oyida «tushish» trendi to‘xtadi va «nol» ko‘rsatkichidan yuqoriga qarab harakatlana boshladi. Ha, o‘shanda biz motivatsion dasturda g‘olib bo‘lmadik, ammo bizda tayanch platforma paydo bo‘lgan edi. Biz buni qanday amalga oshirishimiz va kim bu bilan hozir va shu yerda shug‘ullanishi bo‘yicha mexanizm ishlab chiqildi.
Mana, iyul natijasi mening qo‘limda.
Muxitdin Jo‘rayev, Muvofiqlashtirish va mintaqalar bo‘yicha nazorat departamenti direktori:
— Ucell kompaniyasining hududiy bo‘linmalari o‘rtasida biznes-musobaqa tashkil etish g‘oyasi anchadan buyon o‘ylanayotgan edi. Kompaniya rahbariyati biznes-rejalar jamoaviy ishda, hamjihatlikda hal etilishi uchun hududiy jamoalarni birlashtirish usulini izlayotgan edi. «Flagman» motivatsion dasturi hozirda bo‘linmalarning maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishida aynan o‘sha turtki vazifasini o‘tamoqda. Dasturning o‘ziga xosligi shundaki, natijaning o‘sishi rejadagi ko‘rsatkichlar emas, bo‘linma o‘tgan oy davomida bajargan ishga qarab belgilanadi. Ya’ni siz har oy avvalo o‘zingizni yengishingiz kerak. Reja va maqsadlarga erishish mumkin.
Har oy yetakchi jamoa quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
- Yangi ulanishlar
- Dilerlar samaradorligi
- ARPU (Average Revenue Per User) kompaniya yangi ulanishlardan olayotgan o‘rtacha daromad
Bu bir martalik aksiya emas, balki barcha ishtirok etadigan va har oyda tashkillashtiriladigan musobaqadir.
Ishchilar pul mukofotiga ega bo‘lishadi va uni kompaniyada «Flagman puli» deb atashadi. Bu sog‘lom motivatsiya: har bir xodim ushbu motivatsion dasturda g‘olib bo‘lgan hamkasbining o‘rnida bo‘lishni xohlaydi. Va ma’lum bir hududning g‘olib bo‘lishi ham quvontiradi, biz ham g‘alaba qozonishimiz kerak, degan intilish bo‘ladi.
Ucell’dagilarning ishonchi komil: har bir hududiy bo‘linma g‘alabasi – Kompaniyaning har bir xodimi g‘alabasiga teng.
Zamonaviy texnologiyalar yordamida Ucell kompaniyasi yuqori sifatli hayot hamma uchun imkoniyat darajasida bo‘lishiga intiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter