Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucell: million nafar namanganlik o‘z tanlovini amalga oshirdi

Ucell: million nafar namanganlik o‘z tanlovini amalga oshirdi

Foto: Ucell

Namangan viloyatida Ucell xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlar soni bir millionga yetdi. Bu natijaning qayt etilganligi foydalanuvchilarning kompaniyaga bo‘lgan ishonchidan dalolat beradi.

Bunga kompaniya tomonidan 2023-yil davomida yangi tariflar va xizmatlarni joriy etish, savdo ofislari tarmog‘ini kengaytirish, shuningdek, shaharlar va chekka hududlardagi tayanch stansiyalarni modernizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratilgani yordam berdi.

Bundan tashqari, Namangan viloyatida 2024-yilda ham internet tezligi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida yangi tayanch stansiyalarini qurish va yuqori chastotali diapazonlarni qo‘shish rejalashtirilgan. Yuqori sifatli ovozli va videoaloqa hamda internetning ishonchli ishlashini ta’minlaydigan yuqori tezlikdagi 4G LTE tayanch stansiyalarini ishga tushirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Namangan viloyatida 2023-yilda 10 ta yangi savdo ofislarining ochilishi va 646 ta tayanch stansiyalarining modernizatsiya qilinishi / qurilishi mahalliy aholi uchun aloqa sifatini va internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatlarini yangi bosqichga ko‘tardi. Shuningdek, kompaniya barcha uskunalarni qayta jihozladi, bu esa abonentlarni uzluksiz aloqa bilan ta’minlash imkonini berdi.

Bugun Ucell millioninchi abonent, Abdumannob Botirovga hamkorlik uchun minnatdorchilik belgisi sifatida qimmatbaho sovg‘alarni taqdim etmoqda.

Abdumannob Botirov:

«Namangan viloyatida millioninchi Ucell abonenti bo‘lganimdan baxtiyorman. Kompaniyaga sovg‘a uchun va eng muhimi, aloqa sifati yaxshilangani va viloyatdagi yangi ofislardan foydalanish imkoniyatini paydo bo‘lganligi uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Kompaniya xodimlari tez va xushmuomalalik bilan xizmat {Ucell}


Ucell-Namangan hududiy direktori Davron Tojiboyev:

«Ucell kompaniyasining abonentlari soni 9 millionni tashkil etadi va ularning bir millioni Namangan viloyatiga to‘gri kelmoqda, bu o‘z navbatida viloyatda kompaniyaning yetakchilik mavqeini mustahkamlab bormoqda. Biz tayanch stansiyalarini yangilash bo‘yicha loyihalarni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirdik va chekka hududlardagi abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida yangi xizmat ko‘rsatish markazlarini ochdik. Bu esa bizga mijozlar ishonchini mustahkamlagan holda, o‘sishga va tarmoqni yanada kengaytirishga imkon beradi. 

Shuningdek, alohida takidlash lozimki, 2023-yilda kompaniya «Doimiy» tariflari liniyasini, VolTE/VilTE texnologiyasini, eski telefonni yangisiga almashtirish imkonini beradigan Trade-in xizmatini va korporativ mijozlar uchun Ucell Scoring kredit riskini baholash xizmatini ishga tushirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring