Ucell kompaniyasida texnik nosozlik yuzaga keldi, aloqa qisqa muddatda to‘liq tiklanadi
Ijtimoiy tarmoqlarda Ucell kompaniyasining mobil aloqasi va interneti uzilgani, faqat SMS xizmati ishlayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
«Xabar.uz» sayti vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida kompaniya matbuot xizmati rahbari Baxtiyor Nasimov bilan bog‘landi.
«Avvalo, hurmatli Ucell abonentlaridan texnik nosozlik bilan bog‘liq vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Aloqa qisqa muddatda to‘liq tiklanadi», deya holatni izohladi kompaniya matbuot xizmati rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter