Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ucell» kompaniyasi noodatiy tarif rejasini ishga tushirdi

«Ucell» kompaniyasi noodatiy tarif rejasini ishga tushirdi

Foto: «Ucell»

«Ucell» kompaniyasi bugun, 29-mart kuni o‘zining «Azizlarim» tarif rejasini ishga tushirdi. Bu tarif rejasining shartlari biroz noodatiy.

«Azizlarim» tarif rejasida qarindoshlar va yaqinlar bitta guruhga birlashishi hamda umumiy hisob va umumiy limitlardan (guruh ichida/O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar va internet-trafik) foydalanishlari mumkin.

Ushbu tarif rejasida xarajatlarni «Bosh abonent» boshqaradi. «Bosh abonent» guruh ichida mablag‘larning sarflanishini nazorat qilish, daqiqalar va MBlardan foydalanishga cheklov o‘rnatish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda guruhdagi har bir abonent boshqa tarif rejalaridagidek o‘z shaxsiy hisobini to‘ldirishi va undan foydalanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring