«Ucell blogerlar akademiyasi»ning ilk bitiruvchilari taqdirlandi (video)
Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida «Ucell blogerlar akademiyasi» loyihasi bitiruvchilarini tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ucell blogerlar akademiyasi interaktiv loyihasi fevral oyida boshlangandi.
Bir oy mobaynida tinglovchilarga eng dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar taqdim etildi: SMM, kopirayting, PR, marketing, kontentni monetizatsiya qilish, notiqlik san’ati, foto va video tasvirga olish.
Loyiha doirasida yoshlar O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlarning taniqli blogerlari bilan tanishdilar va qiziqarli topshiriqlarni bajarib, o‘z mahoratlarini oshirdilar.
Ucell blogerlar akademiyasining o‘qituvchi-murabbiylari orasida: Xushnudbek Xudoyberdiyev, Akmal Raimov, Umid Gafurov, Feruzxan Yoqubxo‘jayev, Madina Ruzmatova, Sergey Kim va boshqalar bor edi.
Kurs davomida yoshlar topshiriqlarni bajardilar va ijtimoiy tarmoqlarda 100ta post e’lon qildilar. Toshkent metropolitenida Ucell uyali aloqa va internet haqidagi 31 ta xabar uchun alohida minnatdorchilik bildirildi. Uchta topshiriq natijalariga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi. Eng faol bitiruvchilarni Ucellning biznes sheriklari — Venkon Communications aloqa agentligiga amaliyotga taklif qilindilar.
Tadbirda bitiruvchilarga diplom va sertifikatlar, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Nurmuhamedov Farhod, COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi)ning Marketing va biznesni rivojlantirish bo‘yicha Bosh direktor o‘rinbosari:
— O‘zbekistonda blogerlik endi-endi ommaviylashib bormoqda. Siz, aytish mumkinki, rivojlanishni boshlab berayotganlar qatoridasiz. Bu kabi Akademiyani yaratish g‘oyasi anchadan beri bor edi. Bizgacha bu ishni hech kim qilmagandi. Biz bu yo‘nalishda birinchi edik va shu bois, ko‘p soat davom etgan muzokaralar va taqdimotlardan so‘ng sinov loyihani o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi: biz g‘oyalarimiz amaliyotda qanday natija berishini ko‘rmoqchi bo‘ldik.
Bugun bloger bo‘lish zamonaviy, qiziqarli va hatto daromad keltiruvchi sohaga aylandi.
Men ko‘plab yo‘nalishlarni o‘zida jamlagan ushbu zamonaviy kasbni egallashga bo‘lgan intilishingizni yaxshi tushunaman. Biz Akademiyaning yangi g‘oyalar generatori va istagan odamga sifatli kontent yaratish ko‘nikmalarini egallash imkoniyatini beruvchi fikr almashish maydoniga aylanishini istaymiz.
Arsen Dlyanchev, «Unique Present» media xoldingi asoschisi va rahbari:
— O‘zbekistonning eng muvaffaqiyatli bloggerlari bir oy davomida Akademiya ishtirokchilari bilan ilg‘or tajribalarini o‘rtoqlashdilar. Ucell yordami bilan bloglar dunyosiga kirish mazmunli bo‘ladi desam adashmayman. Hozirda barcha tinglovchilar sohadan nimani kutishlarini biladilar. Ishonamanki, yaqinda biz yangi inflyuenserlarni onlayn ravishda kuzatamiz. Dunyo tez o‘zgarib bormoqda, atrofda keng qamrovli yoritishni talab qiladigan ko‘plab mavzular va muammolar mavjud.
Barcha ishtirokchilar uchun bu ulkan ijod yo‘lining faqat boshlanishidir. Oldinda ularni qiziqarli tanishuvlar, uchrashuvlar va albatta, ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z bloglarida yangi obunachilar kutmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter