Twitterdagi ilk tvit qariyb 3 mln. dollarga sotildi
Twitterda Jek Dorsi tomonidan yozilgan birinchi xabar onlayn auksionda 2,9 million dollardan ko‘proqga sotildi, deb yozadi tarmoq o‘zining kim oshdi savdo sahifasida.
O‘tgan yilning dekabrida Dorsi 2006 yilda ijtimoiy tarmoqdagi birinchi postini - «Shunchaki Twttrni sozlayapman» xabarini NFT sifatida sotishga qaror qilgan. Keyin bu xabar jamoatchilik e’tiborini aytarlicha tortmadi; fevralga qadar buning uchun 3,5 ming dollardan oshiq mablag‘ taklif qilinmadi.
Biroq, Dorsi Twitterda 5-mart kuni tvit sottilishi haqidagi xabarni Qimmatbaho buyumlarni onlayn kim oshdi savdosi saytiga joylashtirgandan so‘ng narx tez suratda ko‘tarila boshladi.
Avvalroq, tvitga bir million dollargacha narx berilgani aytilgandi.
«SinaEstavi kompaniyasining 2 915 835,47 dollar miqdoridagi taklifini qabul qilindi», - deyiladi onlayn-auksion bayonotida.
Birinchi tvitni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi sinaEstavi taxallusi ostidagi foydalanuvchi sotib olgan. Uning akkauntida aytib o‘tilishicha, u Malayziyada yashaydi va blotskcheyn kompaniyasini boshqaradi.
Qimmatbaho buyumlar veb-saytida tushuntirilishicha, tvitni sotib oluvchi muallif tomonidan imzolangan va tasdiqlangan noyob raqamli sertifikatni oladi. Kelajakda bu xaridorga tvitni qayta sotish yoki uni «shaxsiy kolleksiyasida» sarmoya sifatida saqlash huquqini beriladi.
Dorsi kim oshdi savdosidan tushgan mablag‘ni xayriya ishlariga sarflashga qaror qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter