«Qushcha ozod bo‘ldi» – Twitter endi Ilon Maskniki
![«Qushcha ozod bo‘ldi» – Twitter endi Ilon Maskniki](https://static.xabaruz.com/crop/2/8/720_460_95_2841152287.jpg)
Mask Twitter bosh direktori lavozimini egalladi. Sobiq rahbariyat kompaniyani tark etgan. Bu haqda SNBC telekanalida ma’lum qilindi.
Twitter bosh direktori Parag Agraval va moliyaviy direktor Ned Segal kompaniyaning San-Fransiskodagi bosh qarorgohini tark etishgan.
Xabarda aytilishicha, endilikda ijtimoiy tarmoq boshqaruvi ma’muriyatiga yangi xo‘jayin rahbarlik qiladi.
«Endi Mask Twitter’ning rahbari», – deyiladi xabarda.
Maskning Twitter’dagi 44 milliard dollarlik xaridi bugun yopilishi kutilyapti. Agar bu sodir bo‘lmasa, kompaniya tomonidan tadbirkorga nisbatan qo‘zg‘atilgan sud jarayoni boshlanishi mumkin.
Chorshanba kuni Mask kompaniya shtab-kvartirasiga tashrif buyurib, xodimlar bilan uchrashgan. Shuningdek, ushbu platformadagi akkauntidagi imzoni ham o‘zgartirgan: «Tvitlar boshlig‘i».
Bir soat oldin esa Mask «Qushcha ozod bo‘ldi» deya tvit qoldirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter