Ilon Mask Twitter’ning bosh direktori lavozimini qachon tark etishini ma’lum qildi

Twitter egasi va rahbari Ilon Mask kompaniya rahbari lavozimini tark etish shartini aytdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozgan.
«Ishga kirishish uchun odam topsam, men Twitter bosh direktori lavozimini tark etaman», — deb yozdi u o‘z sahifasida.
Tadbirkorning qo‘shimcha qilishicha, u hozirgi lavozimini tark etgach, kompaniyaning dasturiy ta’minot va serverlarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limiga rahbarlik qiladi.
Joriy yilning 20-dekabr kuni Mask Twitter’ning yangi rahbari qidira boshlagani xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter