Toshkentdagi Inha universiteti va AQSh kompaniyasi 8 oylik kurs tashkil qildi
Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) va «Asian Investment Corporation» (AQSh) kompaniyasi «Java» dasturchilarini tayyorlash bo‘yicha sakkiz oylik kurslarga qabul boshlashdi. Kurslarni xorijlik mutaxassis olib boradi.
Ushbu kurslar xalqaro stanlartlarga va ish beruvchilarning talablarini qonduruvchi yuqori malakali «Java» dasturchilarini tayyorlash maqsadida tashkil etilmoqda. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda dunyoda «Java» dasturchilari uchun 200 mingdan ziyod bo‘sh o‘rinlari mavjud. Ularning bir oylik maoshi xorijda $3 mingdan yuqori, O‘zbekistonda 10 mln. so‘mdan yuqorini tashkil etadi.
«Kompaniyamiz O‘zbekistonda bir necha loyihalarni amalga oshirmoqda va biz yuqori malakali Java dasturchilarga muxtojlik sezmoqdamiz. Mazkur muammoni xal etish uchun Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan mazkur loyihani ishgu tushirdik», — deydi «Asian Investment Corporation» kompaniyasi direktori Ravshan Shokirov. — «Loyiha bo‘yicha ilk g‘oya 2017-yilning sentyabr oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Nyu-York (AQSh) shahriga tashrifi doirasida tug‘ilgan edi».
Kurslarni dasturlarni yaratish va sifat nazorati bo‘yicha 16 yillik tajribaga ega AQSh kompaniyasining mutaxassisi olib boradi. Kurslar davomida tinglovchilar «Java» asoslarini, dastur tizimi, «Java» klasslari, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, «Java Web» «Apps», «JSF», «Code-First», «RESTful» kabi texnologiyalar va xizmatlardan foydalanishni o‘rganadilar.
Kurslarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan tinglovchilarning soni chegaralangan. Tashkilotchilar ilk guruhga 24 nafar kishini taklif etadilar. Ular ikki guruhga bo‘lingan holda tushlikdan avval va keyin ta’lim oladilar.
Kursning to‘liq narxi 28,5 mln. so‘mni yoki oyiga 3,5 mln. so‘mni tashkil etadi. Kurs yakuniga ko‘ra eng yaxshi tinglovchilar «Asian Investment Corporation» kompaniyasining O‘zbekistondagi va xorijdagi loyihalariga jalb qilinadilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter