Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda onlayn tarzda xalqaro anjuman o‘tkazilmoqda

Toshkentda onlayn tarzda xalqaro anjuman o‘tkazilmoqda

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida onlayn tarzda dunyoning eng kuchli 400 ta oliy o‘quv yurtlari tarkibidagi Sankt Peterburg politexnika universiteti, Qozog‘iston-Germaniya universiteti, Gidroproyekt AJ ta’sischiligida «Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering (CONMECHYDRO-2020)» nomli Xalqaro ilmiy konferensiya bugun, 2020 yil 23 aprel kuni Toshkentda onlayn tarzda o‘z ishini boshladi.

Suv resurslaridan unumli foydalanish, gidroenergetika, qishloq va suv xo‘jaligini iqlim o‘zgarishi sharoitiga moslashtirish, sohadagi mavjud muammolar yechimini aniqlash bo‘yicha ilmiy izlanishlarni rivojlantirish va yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashda xorijning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikni mustahkamlash konferensiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Konferensiyada AQSh, Fransiya, Germaniya, Kanada, Eron, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston kabi davlatlardan 500 dan ortiq soha mutaxassislari, olimlar mualliflar onlayn tarzda ishtirok etishmoqda.

Bugungi pandemiya sharoitini inobatga olib, barcha ta’sischilar kelishgan holda konferensiyani onlayn tarzda o‘tkazishayotganligi alohida e’tiborga molikdir.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rahbariyati xorijiy universitetlar va tashkilotlardan qatnashayotgan olimlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va mutaxassislar uchun barcha sharoitlarni tashkillashtirgan.

Tashkilotchilarning tabrik so‘zlari, qabul qilingan maqolalar ro‘yxati va to‘liq matni, maqolalarning prezentatsiyalari konferensiya saytida batafsil yoritilmoqda.

Maqolalar bo‘yicha savollar elektron pochtaga, ingliz tilida yuborilmoqda. Barcha ishtirokchilar o‘zaro savol – javoblar bilan fikr almashishlari mumkin.

Tashkiliy qo‘mita bitta umumiy pochtada ishlarni monitoring qilmoqda.

R.Jumaniyozov,
Institut matbuot xizmati rahbari

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring