Toshkentda Huawei monobrend do‘koni ochildi
Huawei kompaniyasi Toshkent shahrida o‘z brend do‘konini tantanali ravishda ochdi. O‘tgan hafta yakunida Toshkent shahridagi «Kompass» savdo majmuasida monobrend interaktiv do‘koni ochilishining tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.
Do‘konga tashrif buyuruvchilar uchun ko‘ngilochar shou dasturi, shuningdek, sovrinlar o‘yini tashkil etildi. Bundan tashqari, Huawei o‘z mijozlarini bir qator mahsulotlarning arzonlashtirilgan maxsus narxi bilan xursand qildi. Mehmonlar nafaqat yorqin shou-dasturdan bahramand bo‘lishdi, balki do‘kondagi qulayliklar bilan ham tanishdilar.
Yangi ochilgan monobrend do‘konning o‘ziga xos jihati shundaki —Huawei P50 pro va MateBook X pro kabi eksklyuziv modellarni faqat shu yerdan topish mumkin.
Huawei kompaniyasi ko‘p yillardan buyon O‘zbekistonda nafaqat smartfonlar, balki noutbuklar, displeylar, aksessuarlar va boshqa ko‘p mahsulotlarni taqdim etib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, tez orada Huawei O‘zbekiston bozorida nova 9SE yuqori texnologiyali smartfonini – videokontent yaratish uchun qulay o‘rtacha narx toifasidagi qurilmani taqdim etadi. Yangi Huawei nova 9SE o‘zbekistonliklarga Huawei Band 6 sovg‘asi bilan birga taqdim etiladi. Tez orada Huawei foydalanuvchilarni takomillashtirilgan o‘ninchi avlodga mansub Intel Core i5 va Intel Core i3 protsessorli Huawei MateBook D15 noutbuklarining yangilangan seriyasi bilan xursand qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter