Endi Toshkentda «yer ostida» ham internet bor
Shu yilning 7-oktyabridan boshlab poytaxtimiz metropolitenida internetdan foydalanish imkoni yaratildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, endi Toshkent metropolitenining barcha yo‘lovchilari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini ko‘rib chiqish, sevimli musiqalarini onlayn tarzda tinglash va ommabop messenjerlarda muloqot qilishlari mumkin.
Ushbu xizmatdan foydalanish uchun metroga tushishdan oldin avtorizatsiyadan o‘tish lozim (SMS orqali). Tizimga ikki usul orqali kirish mumkin – pullik va bepul. Tarmoqqa bepul ulanish uchun quyidagi bosqichlarni bajarish kerak:
- Metroga tushishdan oldin «Metrotelecom Free» tarmog‘ini tanlang;
- Telefon raqami orqali avtorizatsiyadan o‘ting;
- Reklama roligini tomosha qiling;
- Internetga ulaning.
Internetga qanday ulanilishi bo‘yicha metroga tushishda joylashgan maxsus axborot tablolarida ham ko‘rsatilmoqda.
Ushbu loyihani amalga oshirish «Metrotelecom» va «Sola» Wi-Fi–operatori hamda «Toshkent metropoliteni» unitar korxonasining hamkorligida amalga oshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter