Toshkentda metro yo‘lovchilar hayotini xavfga qo‘yib ochiq eshik bilan harakatlandi
Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi Pushkin va Buyuk ipak yo‘li bekatlari oralig‘ida vagonning eshigi yopilmagan. Shunga qaramay, yo‘lovchilarning hayotini xavf ostiga qo‘ygan holda metro o‘z harakatni davom ettirgan. Bu haqda Xushnudbek.uz kanali ma’lum qildi.
«Bunaqa dahshatni faqat triller kinolarda ko‘rish mumkin edi, ammo o‘z ishiga mas’uliyatsiz insonlarning kasriga, ming afsuski, bizda bunaqa holatlar kundalik voqeaga aylanib qolayotgandek.
8-aprel kuni Sergeli yo‘nalishida kontakt relsining kronshteynlari chiqib ketgan, vagonlardagi yo‘lovchilar esa evakuatsiya qilingandi.
18-mart kuni esa «Olmazor» va «Sirg‘ali» metro yo‘nalishining «Bekat-1» bekatlari oralig‘ida ikkita vagon to‘qnashib ketgandi.
Ishqilib oxiri baxayr bo‘lsin. Bunga javob beradigan biror zot bormi?», deb yozadi bloger.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter