«Telegram»ning bloklanishi 2 milliard dollar zarar keltirdi
«Flexbby» dasturchilar kompaniyasi «Telegram» messenjerining bloklanishi oqibatida Rossiya kompaniyalari 1 milliard dollar, Rossiya va xorijdagi jami bizneslar esa 2 milliard dollar zarar ko‘rganini ma’lum qildi. Bu haqda «Flexbby»ning rivojlanish vaziri Roman Chesov «RIA Novosti»ga xabar qildi.
«Qo‘pol hisob-kitoblarga ko‘ra, zarar 2 milliard dollarni tashkil etadi. Yana ikkita yirik segment zarar ko‘rishi mumkin. Birinchi segment — bu «Amazon» va «Google» bulutli provayderlari. Agar bloklash davom etsa, ushbu ikki servisdan foydalanuvchilar ma’lum darajada chiqib ketishni boshlaydi. Maksimum — barcha ketadi», — deydi Chesov.
Eslatib o‘tamiz, Moskvaning Taganskiy sudi qaroriga ko‘ra, «Roskomnadzor» 16-apreldan «Telegram»ni Rossiya hududida bloklash bo‘yicha harakatni boshlagan edi.
«Telegram» bloklanishni chetlab o‘tishda «Amazon» va «Google» xostinglaridan foydalangani sabab, «Roskomnadzor» ushbu kompaniyalarning IP-manzillarini ham bloklagan.
Kompaniya hisob-kitoblariga ko‘ra, «Roskomnadzor» tomonidan qo‘llanilayotgan choralar oqibatida «Google» va «Amazon»dan foydalanuvchi 400 ga yaqin tashkilot zarar ko‘rgan. Ularning ma’lumotlar omborlarida, biznes-ilovalarida, sun’iy razvedka tizimlari, geolokatsiya, to‘lovlar, banklar bilan o‘zaro aloqalar, mijozlarga xizmat ko‘rsatishda uzilishlar qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter