Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATUda janubiy koreyalik professor faoliyat boshladi

TATUda janubiy koreyalik professor faoliyat boshladi

Foto: «Tuit.uz»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2019 yilning bahorgi semestridan «AKT sohasida iqtisodiyot» kafedrasida janubiy koreyalik professor Choi Won-Gun faoliyat yurita boshladi.

Choi Won-Gun AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari uchun «Iqtisodiyot nazariyasi» hamda «Boshqaruv hisobi» fanlaridan ingliz tilida ma’ruza mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

Professor Choi Won-Gun 1980 — 1985 yillarda Janubiy Koreyaning Yonsei universiteti bakalavriaturasida, 1986 —1988 yillarda Fransiyaning Nitssa universiteti magistraturasida tahsil olgan. 1993 yilda Fransiyaning Parij 1 universitetida «Moliya» mutaxassisligi bo‘yicha PhD ilmiy unvonini olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring