TATUda janubiy koreyalik professor faoliyat boshladi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2019 yilning bahorgi semestridan «AKT sohasida iqtisodiyot» kafedrasida janubiy koreyalik professor Choi Won-Gun faoliyat yurita boshladi.
Choi Won-Gun AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari uchun «Iqtisodiyot nazariyasi» hamda «Boshqaruv hisobi» fanlaridan ingliz tilida ma’ruza mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
Professor Choi Won-Gun 1980 — 1985 yillarda Janubiy Koreyaning Yonsei universiteti bakalavriaturasida, 1986 —1988 yillarda Fransiyaning Nitssa universiteti magistraturasida tahsil olgan. 1993 yilda Fransiyaning Parij 1 universitetida «Moliya» mutaxassisligi bo‘yicha PhD ilmiy unvonini olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter