Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yumshoq kuch» g‘oyasi muallifi vafot etdi

«Yumshoq kuch» g‘oyasi muallifi vafot etdi

Foto: Hromadske

Amerikalik siyosatshunos, «yumshoq kuch» g‘oyasi muallifi Jozef Nay 89 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Garvard universitetining Jon Kennedi nomidagi Boshqaruv maktabi saytida xabar berildi.

«Garvard universiteti professori Jozef Nay oltmish yil mobaynida «yumshoq kuch» va neoliberalizm g‘oyalari ustida ishladi», — deyiladi xabarda.

Bill Klinton AQSh prezidenti bo‘lgan 1993–2001-yillarda Nay mudofaa vaziri yordamchisi hamda Milliy razvedka kengashi raisi lavozimlarida ishlagan. 1995-yildan 2004-yilgacha Garvard Boshqaruv maktabi dekani bo‘lgan.

Professor ishlab chiqqan «yumshoq kuch» konsepsiyasi mamlakatlarning majburlamasdan va harbiy kuch ishlatmasdan o‘z maqsadlariga erishishini anglatadi. «Kuch faqat armiyaning qurollari va odamlari soni bilan o‘lchanmasligini» tushunishda Nay muhim rol o‘ynagan, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring