TATU talabalari Madridga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi!
Bugun, 7-dekabr kuni Toshkentdagi Inha universitetida «Open Data Challenge-2018» (Xakaton) tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti matbuot xizmatining xabar berishicha, Xakatonda universitetning «Axborot xavfsizligi» fakulteti talabalari Turg‘unov Rustam, Galiullin Timur, Valiyev Sherzod, Fayziyev Muxammadjon «Signum» loyihasi bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi va tanlov Gran-prisi — Madridga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi!
Shuningdek, «Eng yaxshi biznes loyiha» yo‘nalishida TATUning «Dasturiy injeniring» fakulteti talabalari Sobirov Jamshid, Abduyaminov Azamat, Olimov Aziz, Karimov Oqil, Mashhurov Azamat «BizPlace» loyihasi bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Eslatib o‘tamiz, «Open Data Challenge» tanlovida ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalanib, aniq belgilab berilgan muddat ichida abstrakt g‘oyalarni yangi veb yoki mobil xizmatlarning tajriba namunalariga yoki alfa-ko‘rinishlariga keltirishadi.
Uch kun davomida «Open Data Challenge-2018» ishtirokchilari jamiyatning barcha jabhalari – moliya, transport, ta’lim, axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, ekologiya va boshqa yo‘nalishlarda foydali bo‘lgan yangi loyihalarni taqdim etdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter