Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«StudentHack 2021» musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

«StudentHack 2021» musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

«BePro IT Academy» va Toshkent shahridagi Amiti universiteti hamkorligida tashabbuskor yoshlar orasida «StudentHack 2021» xakaton musobaqasi o‘tkazildi.

Xakaton – IT-loyihalari yoki g‘oyalari bo‘lgan yoshlar va ulardan tuzilgan jamoalar uchun musobaqa bo‘lib, ushbu tadbirda malakali mutaxassislar ularni to‘liq prototipga aylantirishda ko‘maklashadi.

Musobaqada talabalar yakka holda va jamoa tuzgan holda ishtirok etishdi. 3 kun davomida 38 nafar jamoa 48 soat davomida g‘oyalar ustida ishlab, ularni taqdim etishdi.

Asosiy homiylar — Uzinfocom, Aloqabank, Uztelecom, Pepsi, Cheers, XrusTeam va O‘zbekiston Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Xususan:

  • 1-o‘rin uchun – Dubayga sayohatni «DOT NET» jamoasi yutib oldi;
  • 2-o‘rin uchun – Noutbuklar «SENIORS» jamoasiga nasib etdi;
  • 3-o‘rin uchun – Smartfonlar «CYBERMEN» jamoasiga taqdim etildi.

«StudentHack 2021» musobaqasi talabalarni qo‘llab-quvvatlash, IT-loyihalar ustida ishlash, malakali mutaxassislar bilan chuqur aloqa o‘rnatish va bilim almashish maqsadida kelgusida talabalar faoliyatini boshlashi uchun imkoniyatlar yaratadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring