Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahridagi Amiti universiteti o‘qituvchilarining kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Amiti universiteti o‘qituvchilarining kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Amiti universiteti o‘qituvchilari — professorlar Praveyen Kumar va Seema Ravatning «Hisoblash intellekt va tibbiyot uchun bashorat tahlili» («Computational intelligence & predictive analysis for medical science») nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ushbu kitob o‘zgarib borayotgan dunyoda tibbiyot fanlari uchun hisoblash intellekti va bashoratli tahlil qo‘llanmalaridan foydalanish va ushbu sohada tadqiqot, innovatsiyalar va ishlanmalarni amalga oshirishda jamiyatga foyda keltirishga qaratilgan.

Dr. Seema Ravat 15 ta patentga ega bo‘lib, Jahon intellektual mulk kuni munosabati bilan «FACULTY INNOVATION EXCELLENCE AWARD 2019» mukofotini qo‘lga kiritgan.

Dr. Praveyen Kumar – 8 ta patentga ega, hukumat tomonidan e’tirof etilgan sun’iy intellekt va mashinalarni o‘rganish sohasidagi ulkan hissasi uchun Hindiston mashinalarni o‘rganish instituti a’zosi sifatida taqdirlangan.

Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda Amiti universitetiga 33 dan ortiq chet eldan tashrif buyurgan malakali o‘qituvchilari o‘z faoliyatini yuritmoqda. Ularning aksariyati professor va doktor unvoniga ega bo‘lib, IT, iqtisodiyot, turizm, biznes boshqaruvi va boshqa yo‘nalishlarda ta’lim berib kelishmoqda.

Mazkur kitob bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://bit.ly/3FD8KF5

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring