Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soliq tizimida eksperiment o‘tkaziladi

Soliq tizimida eksperiment o‘tkaziladi

Foto: «Xabar.uz»

Soliq tizimida elektron hisobvaraq-fakturalarni joriy etish bo‘yicha  eksperiment o‘tkaziladi.

Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, 2018-yil 15-oktyabrdan Chirchiq shahri, Navoiy va Sirdaryo viloyatida elektron hisobvaraq-fakturalarni majburiy tarzda rasmiylashtirishni joriy etish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi.

Eksperiment doirasida elektron hisobvaraq-fakturalar tovar-transport yukxatlari va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnoma vazifacini bajaradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring