Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Smartfon batareyasiga xakerlar hujum qilishi mumkinmi?

Smartfon batareyasiga xakerlar hujum qilishi mumkinmi?

Foto: «AndroidInsider.ru»

«Astera.ru» yozishicha, «Privacy Enhancing Technologies» simpoziumida o‘qilgan ma’ruzada xakerlar o‘zlari uchun kerakli ma’lumotlarni nafaqat smartfondan, shuningdek, uning batareyasidan ham olishlari mumkinligi haqidagi g‘oya ilgari surilgan. Gap bu yerda smartfon qancha quvvat sarflagani haqida ketmoqda, kiberjinoyatchilar tok sarfiga qarab mobil qurilma foydalanuvchisi nima ishlar qilganini bilib olishlari mumkin. Masalan, smartfonda qanaqa ilovalar ishlatiladi, qanday matnlar yozilgan va hokazo.

Bu xavf qachonki smartfon begona qo‘lga yoki ta’mirga tushganda tug‘iladi. Albatta, bu tahdid ehtimoliy bo‘lib, hozircha amalda kuzatilgan emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring